Baytullohga yetdi bugun qoyingiz.
O, ehromga o'randi-ku boyingiz.
Poklandimi kibirlardan oyingiz?
Ziyoratlar qutlug' bo'lsin hoji akalar.
Endi oyoq yerga tegsin hoji akalar.
Ko'cha boshdan poyangdozlar ne uchun?
Riyo qilmang, kibr bo'lmasin ustun.
Bu dabda va Allohmi yo kim uchun?
Savobingiz bo'lmasin hech ham kukun.
Kamtarlikda hikmat bisyor hoji akalar.
Baxtanishga hojat bormi hoji akalar.
Haj oshida boy va davlat qator-qator.
Chetda qoldi qancha muhtoj ko'zlari zor.
Bir qoy soyib berilmasa yetimlarga, kazo-kazo yegan oshdan ne foyda bor.
Nomingizga loyiq bo'ling hoji akalar.